суббота, 9 декабря 2017 г.

Qor

Quyosh seni ko`tardi ko`kka,
Suvdan unib, suvdan bug`landing.
Aytgin, nega ko`nding yo`qlikka?
Nega yerga tushib bulg`anding?

Bulutlarning bag`ri titildi,
Pag`a-pag`a bo`lib ko`chding sen.
Yulduzlardek pastga yog`ilding,
Qaro yerga tegib o`chding sen.

Qor, qor, meni etma beqaror,
Buncha poksan, buncha beg`ubor!
Ko`kdan kimga ishonib tushding?
Bu loy yerda senga nima bor?

Sen ko`klarning shivirlashisan,
Parvozlaring ruhimga davo.
Bulutlarning qovurg`asisan,
Sen  jannatdan quvilgan Havo.

Kuzataman parilar raqsin,
Sen ko`nglimga og`averasan.
Meni osmon chorlayveradi,
Sen zaminga yog`averasan.

Vujudingda muzlagan titroq,
Kiprigimni bardoshing egdi.
Yuzlaringni silay degandim.
Barmog`imga ko`z yoshing tegdi.

Qor, qor, meni etma beqaror,
Buncha poksan, buncha beg`ubor!
Ko`kdan kimga ishonib tushding?
Bu loy yerda senga nima bor?   

Suhrob Ziyo 

Комментариев нет:

Отправить комментарий

Bir kunlik imkon

Tasavvur qiling. Sizga katta miqdorda pul mablag‘i foydalanish uchun berildi. Hech qanaqa foizlarsiz, javobgarliklarsiz. Eng asosiysi beminn...