воскресенье, 10 декабря 2017 г.

Bahorim...

Bahorim, yana ham bahorroq bo`lgin,
Biz kabi xazonli bog`lar uchun ham.
Yo`llari oq bo`lgin, umri oq bo`lgin,
Ishqdan ko`ksi kuygan dog`lar uchun ham.

Bizga muhabbatdan yo`qdir himoya,
Axir, quyosh qaydan izlasin soya?
Visol saroyini qurmish bepoya
Shum me`mor oyog`i bog`lar uchun ham.

Senga uzatgani ikki qo`lim yo`q,
Ortimda izim yo`q, oldda yo`lim yo`q,
Ammo, xudo haqqi, menga o`lim yo`q
Kulgingdan gullagan chog`lar uchun ham.

Shodonsan orzuying koshona bo`lib,
O`zgalar so`zidan mastona bo`lib.
Men esa yashayman devona bo`lib,
Sen kabi yuragi sog`lar uchun ham.

Suhrob Ziyo

Комментариев нет:

Отправить комментарий