Tunlaringga yulduzlarni sochib yubor,
Yig`ib-yig`ib bulut qilma ohlaringni.
Chaqmog`ingni vujudimga sanchib yubor,
Zulmatlarda yolg`iz qo`yma mohlaringni.
Chirog`ingni laylilardan asra, posbon,
Osmon,
Osmon.
Osmon,
Osmon!
Bir qizingga xatlar yozsam,
Qabog`ingni uymaysanmi, uymaysanmi?
Yo bir tola nur elanib unga boqsam,
Termulgani qo`ymaysanmi, qo`ymaysanmi?
Bir tola nur senga armon, menga armon,
Osmon,
Osmon.
Eng baland tog` uzra chiqsam yo`l yiroqdir.
Yuragimni unga otsam, yerga qaytdi.
Qizginangning chehralari nedan dog`dir,
Nedan dog`dir ko`ngli, aytsin. Ko`ngli aytsin.
Undan boshqa ne desang de, bari yolg`on,
Osmon,
Osmon.
Shafaqlardan quyoshingni otib yubor,
Dil bandiga mahbus qilgin shohlaringni.
Tonglaringni bir layliga sotib yubor,
Zaminidan ayirmagin mohlaringni.
Hukmi Mutloq ishqqa yozsin bitta farmon,
Osmon,
Osmon.
Suhrob Ziyo
Комментариев нет:
Отправить комментарий