Показаны сообщения с ярлыком #universitet. Показать все сообщения
Показаны сообщения с ярлыком #universitet. Показать все сообщения

пятница, 22 декабря 2017 г.

Jurnalistika universiteti - buni orzu qilgandik

Jurnalistika sohasining yangi hayoti boshlanadi. Biz esa bunga tayyormiz. Eng avval kirish imtihonlari tizimini takomillashtirish kerak. Ijodiy imtihonlarni shaffoflashtirish kerak. Jurnalistik ta‘limning eng nozik jihatlari hisobga olib yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi kerak. Zo‘rma-zo‘raki o‘zlashtirilgan dasturlardan xalos bo‘lamiz. Ikki yarim yilda ingliz tilidan 7 marta o‘qituvchi o‘zgarishi kabi ahmoqona holatlar bundan keyin bo‘lmaydi.
"To‘rtinchi hokimiyat"ni qo‘shtirnoq ichidan chiqarish vaqti keldi. Endi atrofimiz, auditoriyamiz biz uchun jamiyat muammolarini yoritishda tramplin bo‘lib beradi. Endi erkin fikr aytgan talabaga "tahsin" yog‘dirilmaydi. Endi "talabalar jurnalist diplomini olmaguncha ishga tahririyatga qabul qilinmasligi haqida yuqori idoralarga taklif bilan chiqmoqchi bo‘lgan" PEDAGOGlar tilini tiyadi. Endi talabalar yutuqlarimizni OAVda targ‘ib qilib, kamchiliklarimizni devoriy gazetaga ham chiqarmasin deydiganlar jim bo‘ladi. Endi faqatgina PREZIDENT yelkasiga olib turgan haq so‘zni aytish yuki bizdek bo‘lg‘usi jurnalistlar yelkasini ham qoraytiradi. Yelkamizni qoraytiradi-yu peshonamizni o‘z kasbimizning asl mashaqqatini totish saodati bilan yoritadi.
Endi bir necha oy oldin matbuotda aytib balolarga qolib yurgan  so‘zlarimni "Mening fikrim" portaliga yozishim mumkin. Nimanidir yaxshiroq qilish mumkinligiga ishonsangiz, u haqida taklif bildirishingoz mumkin endi.
Endi biz O‘zbekiston degan bir so‘zning sofligi uchun bisotimizdagi eng achchiq va eng og‘ir so‘zlarni ham aytamiz. Chunki ko‘nglimizda saqlab, tilga chiqarsak, dakki yeb yurgan so‘zlar, shaxsan davlat rahbari tili bilan aytildi. Endi biz ZO‘R bo‘lamiz. Endi boshqacha bo‘lmaydi. Va hammasi boshqacha bo‘ladi.

Журналистика соҳасида алоҳида университет ташкил этилади - Президент
http://kun.uz/57638614
***
Shavkat Mirziyoyev: Jurnalistlarni yagona universitet atrofida birlashtirish vaqti keldi!
https://korrespondent.uz/9786

Bir kunlik imkon

Tasavvur qiling. Sizga katta miqdorda pul mablag‘i foydalanish uchun berildi. Hech qanaqa foizlarsiz, javobgarliklarsiz. Eng asosiysi beminn...