четверг, 7 декабря 2017 г.

Sherlar

***
Siz meni bilmaysiz, bilmaydi dunyo.
Uyg`ondim dunyolar yorishmasidan.
Mendan madan izlar hamon alkimyo,
Qahr va sevgining qorishmasiman.

Ko`zlarim  xarita, adashtiradi.
Qaramang demayman. Mayli, adashing.
Sizni topib olay ko`zim qaridan,
O`zni yo`qotishim  sizga qarashim.

Suhrobni taniysiz, u ham men emas.
Zulmatga yo`g`rilar siz bilgan Ziyo,
Tilsimlab tashlangan g`orday bezabon.
Siz meni bilmaysiz, bilmaydi dunyo.

Qanday yashashimning qizig`i ham yo`q,
Chayonman  tilimda ishqning zahri bor.
Siz mening yonimda bo`lmas ekansiz,
Qanday yashashamoqning nima farqi bor?

Suhrob Ziyo

Комментариев нет:

Отправить комментарий